“Workmall” xususiy bandlik agentligi – O‘zbekistonda rasman litsenziyaga ega bo‘lgan, xorijiy mehnat bozorida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalardan biridir. Bizning asosiy vazifamiz – O‘zbekistondagi malakali mutaxassislarni dunyoning nufuzli kompaniyalari bilan bog‘laydigan ishonchli ko‘prik bo‘lishdir.
Bugungi kunga kelib, bizning 50 000 dan ortiq nomzoddan iborat keng bazamiz va Samsung, Peugeot, Hyundai kabi 70 dan ortiq xorijiy kompaniyalar bilan yo’lga qo’yilgan hamkorligimiz mavjud. Faoliyatimiz davomida 1000 ga yaqin yurtdoshimizni xorijdagi eng yaxshi ish o’rinlariga muvaffaqiyatli joylashtirdik va bu ko’rsatkich doimiy o’sib bormoqda.
Har bir nomzod va hamkor bilan ishlashda biz besh bosqichli sinovdan o‘tgan tizimga tayanamiz: talablarni baholash, nomzodlarni topish, saralash, suhbat va moslashtirish. Bu esa har ikki tomon uchun maksimal darajada samarali natijani kafolatlaydi. Biz nafaqat ishga joylashtiramiz, balki har bir nomzodning martaba yo‘lini va har bir hamkorning biznes rivojini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Bizning missiyamiz
O’zbekistonlik mutaxassislarga xorijiy miqyosda o’z salohiyatini to’liq ro’yobga chiqarish uchun shaffof, xavfsiz va ishonchli yo’l ochish hamda xorijiy kompaniyalarni har qanday talabga javob beradigan mas’uliyatli va malakali kadrlar bilan ta’minlash.
Bizning kelajakka nazarimiz
Markaziy Osiyoda xorijga ishchi kuchini yuborish bo‘yicha eng ishonchli, innovatsion va standartlarni belgilaydigan yetakchi brendga aylanish. “Workmall” nomi xorijiy mehnat bozorida yuqori sifat, professionallik va o’zaro ishonch belgisi sifatida tan olinishiga erishish.
Shaffoflik va Professionalizm – Bizning Ustuvor Yo’nalishimiz
1
Qonuniylik va Xavfsizlik
2
Shaffof Shartnomalar
3
To'liq Qo'llab-quvvatlash
Bizning prinsiplarimiz amalda o’zini oqladi. Bugungi kunda dunyoning 10 dan ortiq mamlakatidagi 70 dan ziyod xorijiy kompaniyalar, jumladan Samsung va Hyundai kabi gigantlar bizga ishonch bildiradi. Bu ishonch – biz taklif etayotgan xizmatlar sifati va nomzodlarimizning ishonchliligi uchun eng yaxshi dalildir.
Natija va ishonch
— har bir hamkorlikning asosi
bazasi
hamkorlar
natija
davlatlar