WORKMALL Xususiy Bandlik Agentligi
Workmall —
biz bilan qonuniy va xavfsiz
Biz O‘zbekistondagi malakali mutaxassislarni dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan bog‘laymiz. Biz hamyurtlarimizga kasbiy treninglar, viza va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirishdan tortib, xorijga yetib borish va ishga joylashgungacha bo‘lgan barcha bosqichlarda to‘liq yordam ko‘rsatamiz.
- 50 000+ nomzodlar bazasi – turli sohalar uchun malakali xodimlarni tezkor topish.
- Yuqori muvaffaqiyat darajasi – bizga murojaat qilgan va ish beruvchilar tomonidan tanlab olingan hamyurtlarimizning 90% dan ortig‘i o‘z vizalarini muvaffaqiyatli qabul qilib olishgan.
- Xorijiy hamkorlarimiz – Samsung Heavy Industriyes, Hyundai Heavy Industriyes, Sunotec, Ozpower, United Business Club, International People GmbH, Boneye Haretz, IBM International, Rashi Manpower, International Maritime Industriyes, EdyMax va boshqa ko‘plab nufuzli kompaniyalar bizga ishonch bildirgan.
Keng Nomzodlar
Bazasi
Har qanday murakkablikdagi talablarga javob berish uchun doimiy yangilanib turadigan keng qamrovli mutaxassislar bazasiga egamiz
Rasmiy Litsenziya va Ishonch
O'zbekistondagi 30 ta litsenziyalangan agentlikdan biri sifatida faoliyatimizning to'liq qonuniy va shaffof ekanligini kafolatlaymiz.
Xorijiy
Hamkorlik
Biz Janubiy Koreya, Germaniya, Xorvatiya, Bolgariya, Slovakiya, Vengriya, Serbiya, Isroil, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Mongoliya kabi davlatlardagi yetakchi va ishonchli kompaniyalar bilan ishlaymiz.
Yuqori Muvaffaqiyat Ko'rsatkichi
Ko'p bosqichli tanlov tizimimiz nomzodning nafaqat malakasini, balki yangi muhitga moslashish qobiliyatini ham baholaydi. Shu sababli natijalarimiz barqaror yuqori
To'liq Qo'llab-quvvatlash
Biz nomzodni shunchaki ishga yubormaymiz. Hujjatlardan tortib, yangi mamlakatga moslashguncha bo'lgan barcha bosqichlarda u bilan birga bo'lamiz va muvaffaqiyatini ta'minlaymiz
Shaffoflik
Yashirin to'lovlarsiz, barcha shartnomalar ochiq va tushunarli
Xavfsizlik
Faqat ishonchli va tekshirilgan xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlik
Nomzodga g'amxo'rlik
Ishga joylashgandan keyin ham qo'llab-quvvatlash va aloqada bo'lish
Professionallik
Har bir bosqichda o'z ishining ustasi bo'lgan jamoaning yordami
BIZ QANDAY ISHLAYMIZ?
ISH JARAYONI
1
Ehtiyojlarni aniqlash
Ish beruvchi talablarini o‘rganish, shart-sharoitlarni kelishish.
2
Nomzodlarni topish
Bazamiz, ijtimoiy tarmoqlar, mahalliy hokimiyat manba’lari va ish yarmarkalari orqali qidiruv.
3
Saralash va qisqa ro‘yxatga olish
Ma’lumotlarni tekshirish, jismoniy holatni baholash.
4
Suhbat va tanlov
Suhbat o‘tkazish, ko‘nikmalarni sinash, amaliy tanlov jarayonlari.
5
Taklif, moslashtirish va ishga yollash
Mehnat shartnomasi tuzish, viza olish, ketish oldi tayyorgarlik kurslari va tashkiliy jo‘natish.
MIJOZLARIMIZ FIKRLARI
1
+
MUVAFAQQIYATLI JOYLASHTIRISH
Biz uchun har bir mijozning fikri muhim. Hamkorlarimiz va nomzodlarimizning ishonchini oqlash – bizning asosiy maqsadimiz.
Mijozlarimiz Biz Haqimizda Nima Deydi?
Bugun men Workmall Xususiy Bandlik Agentligi orqali Slovakiya davlatiga kelib, hozirda ishlab yuribman. Uch-to‘rt oydan beri shu yerda ishlayapman. Workmall xodimlari doim holimdan xabar olib, qanday muammo bo‘lsa, hal qilishga harakat qilishyapti.
Workmall Xususiy Bandlik Agentligini hammaga tavsiya qilaman — ishonchli, mas’uliyatli va o‘z ishiga jiddiy yondashadigan agentlik.
Workmall bilan ishlaringiz tez va oson bitishiga amin bo‘lasiz.
Rahmat, Workmall!
Shaymardonov farxod
SlovakiyaMening ismim Abror, Namangan viloyatidanman. Hozirda Janubiy Koreyaning Ulsan shahrida, Hyundai kema zavodida grenda sohasida ishlamoqdaman. Bu yerga kelganimga 7 oy bo‘ldi. Bu imkoniyatni yaratishda yaqindan yordam bergan Workmall Xususiy Bandlik Agentligining barcha xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu yerda sharoitlar juda yaxshi — ish joyimizdagi yashash joylari ham a’lo darajada. Buning uchun barchamiz minnatdormiz. Agar xorijda ishlash niyatingiz bo‘lsa, albatta Janubiy Koreya yaxshi tanlov. Chunki bu yer tinch, xavfsiz va migrantlarning huquqlari himoyalangan. Bu ishni amalga oshirish uchun Workmall Xususiy Bandlik Agentligi — eng to‘g‘ri tanlov.
Workmall qonuniy, ishonchli va xavfsiz.
Abror Isoqov
Janubiy KoreyaMening ismim Mamadaliyev Asilbek. Bundan 7 oy avval Workmall Xususiy Bandlik Agentligi orqali Janubiy Koreyaning Hyundai korxonasiga ishga joylashdim. Bu yerda ishlash va yashash sharoitlarimiz juda yaxshi.
Buning uchun Workmallga minnatdorchilik bildiraman. Workmall — qonuniy, ishonchli va xavfsiz agentlik.
Mamadaliyev Asilbek
Janubiy Koreya
HAMKORLAR
Hamkor davlatlar

S. Arabistoni

Turkiya

J. Koreya

Slovakiya

Mongoliya

Serbiya

Bolgariya

Isroil

Gemaniya

Xorvatiya
Eng ko'p beriladigan savollar
FAQ
Ish beruvchilar uchun
1. Workmall bilan hamkorlik shartnomasini qanday tuzish mumkin?
Bizning jamoamiz bilan saytdagi ariza yoki elektron pochta orqali bogʻlaning. Biz sizning ehtiyojlaringizni muhokama qilamiz, shartnomani tayyorlaymiz va eng qisqa muddatlarda nomzodlarni tanlashni boshlaymiz.
2. Workmall qaysi mamlakatlar va sohalarni qamrab oladi?
Biz Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharqdagi kompaniyalar bilan ishlaymiz. Asosiy sohalar — qurilish, ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi, tikuvchilik, goʻshtni qayta ishlash va texnik mutaxassisliklar.
3. Ommaviy ishga yollashga buyurtma berish mumkinmi?
Ha, biz ham yakka tartibdagi tanlovni, ham ommaviy rekrutingni tashkil qilamiz. Bizda bir necha kishidan tortib yuzlab xodimgacha boʻlgan jamoalarni shakllantirish tajribasi bor.
4. Workmall nomzodlarning malakasini qanday tekshiradi?
Biz suhbatlar, hujjatlarni tekshirish va (zaruratga koʻra) amaliy sinovlarni oʻtkazamiz. Bu sizning malakali va ishonchli xodimlarni qabul qilishingizga kafolat beradi.
5. Workmall xodimlar kelganidan keyin ularni qoʻllab-quvvatlash xizmatini taqdim etadimi?
Ha, biz xodimlarni moslashuv davri davomida kuzatib boramiz: ular yetib kelib, hujjatlarni rasmiylashtirishdan tortib, ishning birinchi oylarigacha. Bu xodimlarning qoʻnimsizligini kamaytirishga va mehnat samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Ish qidiruvchilar uchun
1. Workmall orqali ishga qanday ariza topshirish mumkin?
Siz saytda oʻzingizni qiziqtirgan vakansiyani tanlab, onlayn ariza qoldirishingiz, filiallar raqamlariga qoʻngʻiroq qilishingiz yoki telegram kanalimizga yozishingiz mumkin. Bizning menejerlarimiz tafsilotlarga aniqlik kiritish va sizga yoʻnalish berish uchun siz bilan bogʻlanishadi.
2. Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni qancha vaqt oladi?
Oʻrtacha rasmiylashtirish jarayoni, boriladigan mamlakat va ish turiga qarab, 1 oydan 6 oygacha vaqt oladi. Siz ishga imkon qadar tezroq kirishishingiz uchun biz barcha bosqichlarni tezlashtirishga harakat qilamiz.
3. Ishga joylashish uchun chet tilini bilish kerakmi?
Koʻpgina vakansiyalar uchun rus tilini boshlangʻich soʻzlashuv darajasida bilish majburiy shart hisoblanadi. Shu bilan birga, qabul qiluvchi mamlakat tilini boshlangʻich darajada bilish moslashuv jarayonini ancha osonlashtirishi va mansab pogʻonalarida oʻsish imkoniyatlaringizni oshirishi mumkin.
4. Workmall xodimlarga qanday kafolatlar beradi?
Biz faqat tekshirilgan ish beruvchilar bilan ishlaymiz va rasmiy shartnomalar tuzamiz. Siz oʻzingizni himoyalangan his qilishingiz uchun barcha ish, yashash va toʻlov shartlari shartnomada qayd etiladi.
5. Workmall yangi mamlakatga moslashishda yordam beradimi?
Ha, biz sizga barcha bosqichlarda hamrohlik qilamiz: aeroportda kutib olish va joylashtirishdan tortib, maishiy masalalar boʻyicha maslahatlar berishgacha. Jamoamiz tezroq koʻnikib ketishingiz va oʻzingizni ishonchli his qilishingizga yordam berish uchun doim aloqada boʻladi.
