top of page

Foydali ma'lumotlar
-
Yevropa mamlakatlariga qonuniy yo‘l bilan ishlashga ketsa bo‘ladimi?Albatta bo‘ladi. Bunda YEI davlatlarining biridan ish beruvchi topish, ishga qabul qilinish va shu haqidagi hujjatlarni konsullik xizmatiga topshirgan holda Milliy Viza (National Visa) yoki boshqa turdagi ishchi vizalarni qo‘lga kiritish mumkin.
-
Workmall qaysi sohalarda ish taklif qiladi?Workmall beshta sohaga ixtisoslashgan: – Qishloq xo‘jaligi – Qurilish – Og‘ir sanoat – Mehmonxona sektori – Logistika
-
Chet tillarni bilish kerakmi?Biz taqdim etadigan bo‘sh ish o‘rinlarining aksariyati chet tillarni bilishni talab qilmaydi. Ayrim vakansiyalar uchun esa so‘zlashuv darajasida biror xorijiy til bilish talab etiladi. Xorijiy tilni bilgan nomzodlar nafaqat ishlash davomida kamroq qiynaladi, balki ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, ko‘proq maosh olishi ham mumkin.
-
Qanday ish tajribasiga ega bo‘lish kerak?Biz 80 foiz hollarda alohida malaka yoki tajriba talab qilinmaydigan bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilamiz. Ammo agar siz malakali mutaxassis bo‘lsangiz, unda siz uchun maxsus takliflar bo‘ladi!
-
Ish beruvchi turar-joy bilan ta’minlaydimi? Yotoq joylarining sharoiti qanaqa bo‘ladi?Ha, har bir bo‘sh ish o‘rni uchun turar-joy taqdim etiladi. Bu biz barcha mijozlarimizga ko‘rsatadigan majburiy xizmatdir. Turar-joy ishchi uchun bepul bo‘lib, u ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi. Xonadagi odamlar soni taqdim yetilgan turar-joy toifasiga (yotoqxona, kvartira, uy, mehmonxona) bog‘liq. Asosan 2-4 kishilik xonalar bo‘ladi.
-
Sizning kompaniyangiz boshqalardan nimasi bilan farq qiladi?– Birinchidan, biz boshqa yollash agentliklaridan bo‘sh ish o‘rinlarini sotib olmaymiz, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri ish beruvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib boramiz. – Litsenziyaning mavjudligi
-
Rasmiy ish bilan ta’minlash nima? Va nima uchun menga kerak? Bu menga nima beradi?Rasmiy bandlik – bu siz ishlayotgan mamlakat qonunlariga muvofiq ish bilan ta’minlashdir. Bu ushbu mamlakatda ishlashga taklifnoma mavjudligi hamda xodim va ish beruvchi o‘rtasida shartnoma tuzishdan iborat. Bu sizga nima beradi? Asosiysi, taklifnoma va shartnoma tuzilganda -siz qonuniy asosdasiz, ish beruvchingiz o‘z mamlakatiga soliq to‘laydi va siz mehnat qonunchiligining buzilishi tufayli deportatsiya qilinmaysiz. Agar siz ish beruvchi bilan shartnoma tuzmagan bo‘lsangiz, deportatsiya tahdidi vujudga keladi, ish beruvchingiz yesa jarimaga tortiladi.
-
Workmall menga ish topishi uchun mendan nima talab qilinadi?Sizga quyidagilar kerak: – Biz taklif etgan bo‘sh o‘rinlaridan birini tanlash; – Anketani to‘ldirish; – Kerakli hujjatlarni tayyorlash.
bottom of page